Italiya politsiyasi mamlakat bo‘ylab tomosha uyushtirib yuradigan sayyor sirk boshlig‘i odamlarni aldab yurganini aniqladi. U o‘z sirkida panda o‘rniga panda ranglarida bo‘yalgan chau-chau zotiga mansub ikkita itdan foydalangan. Bu haqda Local nashriga asoslangan “Gazeta.ru” saytiga tayanib, “Kun” xabar berdi.
Politsiya bu itlar ham noqonuniy ravishda Italiya hududiga olib kelinganini aniqladi.
Sirk tomoshabinlarining guvohlik berishicha, ular tashqi ko‘rinishidan haqiqiy pandalarga juda o‘xshaydigan bu jonivorlar bilan suratga tushish uchun sirk boshlig‘iga ma’lum miqdordagi to‘lovlarni ham bergan.
Ayni paytda italyan politsiyasi mazkur “shovvoz”ga qarshi jinoiy ish ochgan.
Izoh (0)