AQShda mamlakatning eng keksa vakili Konrad Jonson 110 yoshda vafot etdi, deb xabar beradi “Kun” The Rockford Register Star gazetasiga tayanib.
Vafot etgan amerikalik qariya duradgor bo‘lgan. U Illinoys shtatining shimoliy qismida joylashgan Rokford shahrida yashagan.
Jonson 1904-yil 19-yanvarda Shvetsiyada tug‘ilgan. U umrining oxirgi yiligacha sog‘lom bo‘lgan va o‘zini yaxshi his qilgan. Biroq bir necha oy oldingina piyoda yurish paytida hassalardan foydalanishni boshlagan.
U ikki marta uylangan. Uning birinchi turmush o‘rtog‘i 1988-yilda, ikkinchisi esa 2002-yilda vafot etgan.
Izoh (0)