21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston fuqarolari yuksak siyosiy faollikni namoyon etdi, deb qayd etdi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov o‘zining xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar, mahalliy va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkaziladigan matbuot anjumanidagi ma’ruzasida.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovida 18 million 400 ming nafar saylovchi ishtirok etdi va bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 89 foizini tashkil etadi.
8311 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalandi.
Izoh (0)