Andijon viloyatining Jalaquduq tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi kapital rekonstruksiya qilingan yangi binoda ish boshladi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Uning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Prezident rahnamoligida inson manfaatlarini himoya qilish, barcha sohalar, xususan, adliya idoralarida mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish, tizimning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. “Yaxshilik sari” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan barpo etilgan yangi binoda aholiga yuqori saviyada xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlar muhayyo etilgan.
“Yangi yil bayrami arafasida yangi binoda ish boshlaganimizdan xursandmiz, — dedi tuman FHDYo bo‘limi mudiri J.Ortiqov. — Keng va yorug‘ xonalar, zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari faoliyatimiz yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladi”.
Izoh (0)