Rossiyaning Primorye o‘lkasida 2014-yilda eng ko‘p oila MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari fuqaroli ishtirokida qurilgan. Bu haqda Primorye o‘lkasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish departamenti direktori Tatyana Bulatova ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Deyta” axborot agentligi.
Qayd etilishicha, 2014-yilning 11 oyi mobaynida eng ko‘p oila O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida qurilgan: 86 ta. Keyingi o‘rinlarda 79 ta nikoh bilan Tojikiston, 70 ta nikoh bilan Armaniston va 80 ta nikoh bilan Ozarbayjon fuqarolari bormoqda.
2014-yilda Primorye o‘lkasida oila qurish darajasi oshgan. 11 oy davomida 16 929 ta yangi oila ro‘yxatga olingan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davridan 265 taga ko‘pdir. Eng ko‘p yangi oilalar Vladivostok, Ussuriysk, Naxodka, Artyom, Arsenyev shaharlarida qayd etilgan.
Izoh (0)