AQSh Mudofaa vazirligi vakili Rossiya chegaralari yaqinida NATO va AQSh qo‘shinlari ko‘paytirilayotganini tan oldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Operatsiya boshida AQSh NATO bo‘yicha ittifoqchilarimiz bilan birdamlikni ko‘rsatish maqsadida qator tezkor choralarni ko‘rdi. Jumladan, mintaqada havo, quruqlik va dengizdagi hozirligimiz oshirildi hamda avval rejalashtirilgan mashg‘ulotlar kengaytirildi”, − dedi Pentagon vakili. Shuningdek, u AQShning bu vaziyatdagi harakatlari “shaffof” tarzda olib borilganini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, ushbu bayonot Rossiya Mudofaa vazirligining AQSh samolyotlari razvedka parvozlarini keskin ko‘paytirgani haqidagi xabariga javoban berilgan.
Izoh (0)