2015-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistonda mikrofirma va kichik korxonalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yovvoyi o‘simliklar eksportidan keladigan valyuta tushumlarining 25 foizini sotishi majburiy qilib belgilandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bu “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan belgilab qo‘yildi.
Ushbu me’yor TN TIF kodi 07,08,0904,12 bo‘lgan mahsulotlar eksportini amalga oshiradigan mikrofirma va kichik korxonalar uchun mo‘ljallangan.
Izoh (0)