O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15-dekabr kuni Oqsaroyda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi Jorj Krolni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi tugayotgani munosabati bilan qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Davlat rahbari O‘zbekiston — AQSh munosabatlari o‘zaro manfaatli barcha sohalarda izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Prezident Islom Karimov elchi Jorj Krolning ikki mamlakat hamkorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.
Amerikalik diplomat samimiy qabul uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, O‘zbekistondagi faoliyati davomida muhim siyosiy voqealar, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi samarali o‘zgarishlar guvohi bo‘lganini ta’kidladi. Bular O‘zbekistonni xalqaro miqyosdagi ishonchli va istiqbolli sheriklar qatoriga olib chiqmoqda.
Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)