Bugungi taomnomada — “Olivye” salati
Ushbu taomni tayyorlash uchun taxminan 40 daqiqa vaqt va 15 635 so‘m talab etiladi.
Zarur masalliqlar:
- 200 g kolbasa
- 2 ta kartoshka (taxminan 200 g)
- 2 ta sabzi (200 g)
- 3 ta tuxum
- 2 ta marinadlangan bodring (200 g)
- 1 banka marinadlangan ko‘k no‘xat
- 100 g mayonez
- tuz
- murch
Tayyorlanishi:
1. 200 grammdan kartoshka va sabzi hamda 3 ta tuxumni suvda qaynatib pishiramiz va po‘stidan tozalaymiz.2. So‘ng ularni kichik kubik shaklida to‘g‘raymiz.
3. 200 gramm marinadlangan bodring va shu miqdordagi kolbasani ham mayda to‘rtburchak shaklida to‘g‘rab olamiz.
4. To‘g‘rab tayyorlangan masalliqlarni, shuningdek bir banka ko‘k no‘xatni kattaroq idishga solamiz.
5. Ustiga 100 g mayonez, ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shib, barchasini aralashtiramiz.
6. Tayyor salatni likopchaga solib, o‘z fantaziyamizga ko‘ra bezatamiz.
“Olivye” salati tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu salatni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 8-dekabr holatiga keltirilgan.Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi Oshxona.uz restorani va shaxsan bosh oshpaz Chustiyga minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida “Vinegret”, “Toshkent” va yunoncha salatlarni tayyorlaymiz hamda ular bilan yangi yil dasturxonini bezatamiz.
Izoh (0)