Isroilning Xayfa universiteti laboratoriyasida ikki boshli tirik olovli salamandra tug‘ildi, deb xabar bermoqda Live Science. Ushbu fenomenning aniq sabablarini aytishga qiynalayotgan olimlar bu o‘zgarish atrof-muhit ifloslanishi oqibatida bo‘lganini taxmin qilmoqda.
Qayd etilishicha, ekolog Leo Blaushteynning guruhi homilador amfibiyalarni yig‘ib, ular laboratoriya sharoitida tug‘ishiga yordam beradi. Ikki boshli salamandraning onasi Galiley tog‘idan olib kelingan. Yangi tug‘ilgan jonivor ikkala boshini ham erkin harakatlantira oladi, biroq faqat bittasi bilan oziqlanadi. Boshlar Blaushteynning nemis hamkasblari sharafiga Arne va Sebastyan deb atalgan.Ma’lum qilinishicha, Isroilda ushbu tur xavfli holatda turibdi. Suv havzalarining ifloslanishi, to‘g‘onlar qurilishi, shuningdek yo‘llarda avtomobillar bosib ketishi ularning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)