Sobiq Ittifoq hududidagi uchta mamlakat — Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon 2014-yil uchun Global harbiylashish indeksida birinchi o‘ntalikka kirdi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Reytingda Isroil, Singapur va Armaniston yetakchilik qildi. Birinchi o‘ntalikka Suriya, Rossiya, Kipr, Janubiy Koreya, Iordaniya, Gretsiya va Ozarbayjon ham kiritildi. Ukraina reytingda 13-o‘rinni egalladi.
Global harbiylashuv indeksi davlatning harbiy apparati hajmi va muhimlik darajasidan kelib chiqib tuziladi. U xususan, harbiy xarajatlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatini, shuningdek og‘ir qurol-aslahalar sonining butun mamlakat aholisiga nisbatini hisobga oladi.
Izoh (0)