O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida turli ijtimoiy obyekt inshootlari, namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylar foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Prezident Islom Karimovning 2009-yil 3-avgustda qabul qilingan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida chekka ovullarda namunaviy loyihalar asosida bunyod etilayotgan zamonaviy turar-joylar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush farovonligini yuksaltirish, qishloq joylarda zamonaviy servis xizmati ko‘rsatishni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Kegeyli tumanidagi “Oqtuba” hamda “Juzimbaq” ovul fuqarolar yig‘inlarida o‘tgan yili qurilib, foydalanishga topshirilgan ana shunday 25 turar-joy qatoriga bu yil yana 30 tasi qo‘shildi.
“Qurilish ashyolari Nukus shahri, Amudaryo, Chimboy va Qorao‘zak tumanlaridan shartnoma asosida uzluksiz keltirilgani ishning yuqori sur’atlarda borishini ta’minladi, – dedi tuman hokimi o‘rinbosari Paraxat Qulimov. — Konstitutsiyamiz bayrami arafasida Oqtuba ovulida 20 ta, Juzimbaq ovulida 10 ta xonadonda hovli to‘ylari nishonlandi”.
Izoh (0)