2014-yilning 6—7-dekabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar o‘rtasida dasturlash bo‘yicha jahon chempionati yarim final musoboqalari o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Infocom.uz.
Unda O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalaridan 21 ta, Qozog‘istondan 22 ta va Qirg‘izistondan 2 ta jamoa ishtirok etdi. Yarim final musobaqalari Shimoli-sharqiy Yevropa mintaqasida bir vaqtning o‘zida onlayn ravishda Toshkent, Sankt-Peterburg, Tbilisi va Barnaul shaharlarida bo‘lib o‘tdi.
Jamoalarga 11—12 ta masalalani ishlash uchun 5 soat vaqt berildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 1-jamoasi 27-o‘rinni, TATUning 2-jamoasi 87-o‘rinni, Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali 1-jamoasi esa 91-o‘rinni egalladi.
Shimoli-sharqiy Yevropa mintaqasidan eng yaxshi natijalarga erishgan jamoalar 2015-yilning 16—21-may kunlari Marokashda bo‘lib o‘tadigan final musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)