Qirg‘iz somi “RBK” Quote versiyasi bo‘yicha 2014-yilda dunyoning eng kuchsiz pul birliklari o‘ntaligiga kirdi, deya xabar bermoqda KNews. U ushbu ro‘yxatda 9-o‘rinni egalladi.
Nashr tahlilchilari qayd etishicha, 2014-yil yanvaridan buyon qirg‘iz valyutasi 14 foizga qadrsizlangan. Serb dinori, Chili pesosi, shved kronasi, Seyshel rupiyasi va Moldova leyi qiymati ham shunga o‘xshash darajada tushgan.
Dunyo devalvatsiyasi natijalariga ko‘ra, qirg‘iz somi barqarorlikda Ukraina grivnasidan bir pog‘ona, Rossiya rublidan ikki pog‘ona va qozoq tangasidan sakkiz pog‘ona o‘zib ketdi. Ukraina grivnasi 46 foizga, Rossiya rubli esa 39 foizga qadrsizlangan.
Izoh (0)