Oq uydagilar Rossiyaga qarshi sanksiyalar hukumat almashishiga olib kelishiga umid qilmaydi. Bu haqda AQShning Rossiyadagi elchixonasi matbuot kotibi Uilyam Stivens bayonot berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“AQSh, YeI va boshqa davlatlar Kremlning xalqaro huquq va Ukraina suverenitetini buzish bilan bog‘liq tajovuzkor harakatlariga javoban, Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. AQSh Rossiya hukumatida o‘zgarishlar yuzaga kelishiga turtki bermoqchi emas”, — dedi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington cheklovlar joriy qilish orqali Rossiya Federatsiyasi siyosatiga ta’sir o‘tkazishga umid qilmoqda. Stivens AQSh “Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish bilan bog‘liq majburiyatlarini to‘liq bajarishi bilanoq sanksiyalarni bekor qilishga” tayyorligini qo‘shimcha qildi.
Nashrning eslatishicha, avvalroq Davlat dumasida AQShni Rossiyada inqilob tayyorlashda ayblashgan edi.
Izoh (0)