Filippinda “Xagupit” to‘foni tufayli halok bo‘lganlar soni 27 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Tabiiy ofat 13 mingga yaqin uylarni vayron qildi, 22 mingdan ortiq binoga zarar yetkazdi.
6-dekabr, shanba kuni Filippin hududiga yopirilgan to‘fonga uchinchi xavf darajasi berildi. Asosiy zarbaga Sharqiy Samar provinsiyasi duchor bo‘ldi.
To‘fon qurbonlarining ko‘pchiligi suv toshqinida cho‘kib ketgan.
Izoh (0)