Navoiy shahrida o‘quvchi qizga pichoq bilan tahdid qilib, uning mobil telefonini olib ketgan jinoyatchi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Qayd etilishicha, 15 yoshli qiz quloqchinda musiqa tinglab mobil telefonini qo‘lida ushlagan holda maktabdan uyga qaytayotganda noma’lum kishi yo‘ldan chiqib, unga pichoq bilan tahdid qilgan va telefonni berishni talab qilgan. Qo‘rqib ketgan qiz darhol telefonni uning qo‘liga tutqazgandan keyin ham zo‘ravon bu haqda hech kimga indamasligi kerakligini aytib tahdid qilgan.
Qiz uyga qaytgach, bo‘lgan voqeani onasiga aytib bergan, u esa turmush o‘rtog‘ini chaqirgan. Qizning ota-onasi Navoiy shahar ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Tez orada jinoyatchi topilgan, u Navoiy shahrida yashovchi avval sudlangan kishi bo‘lib chiqdi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)