AQSh prezidenti Barak Obama 6-dekabr, shanba kuni Merilend shtatida Vashington yaqinidagi Uolter Rid nomli qurolli kuchlar tibbiyot markaziga keltirildi, deya xabar bermoqda “TASS”. Obama shikoyat qilgan tomoq og‘rig‘ini shifokorlar kislota reflyuksi bilan bog‘ladi.
Prezidentning davolovchi shifokori yozma bayonotida aytilishicha, tibbiy ko‘rikdan so‘ng Obama “tomog‘ining orqa devorida shish” aniqlangan. “Prezidentda kuzatilgan belgilar kislota reflyuksiga tegishli bo‘lgan yumshoq to‘qimalar shamollashidan kelib chiqqan”, — deya ta’kidladi shifokor.
Izoh (0)