2016-yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida sobiq ikki davlat rahbarining qarindoshlari – Bill Klintonning rafiqasi Hillari hamda Jorj Bushning ukasi Jeb to‘qnashishi mumkin, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, kichik Jorj Bush o‘zining Klintonlar oilasiga bo‘lgan ijobiy munosabati bilan tanilgan. Jumladan, u Hillari Klintonni o‘z qarindoshi deb atagan. Shunga qaramay, Jorj Bush prezidentlik saylovida Floridaning sobiq gubernatori Jeb Bush g‘alaba qozonishiga ishonmoqda.
Bush va Klintonlar oilasi o‘rtasidagi siyosiy kurash ancha oldin boshlangan. 1992-yilgi saylovda Bill Klinton katta Jorj Bush ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2000-yilda kichik Jorj Bush Klinton davridagi vitse-prezident Albert Gordan ustun kelgan. 2008-yilgi saylovda o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin bo‘lgan Hillari Klinton esa Demokratlar partiyasi ichidagi kurashda Barak Obamaga yutqazgan.
Izoh (0)