Nyu-York appellyatsiya sudi hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchilar tomonidan berilgan shimpanzega inson huquqlari yuzasidan munosabatda bo‘lish haqidagi da’voni rad etdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Advokat Stiven Vays 26 yoshli Tommi laqabli shimpanze o‘zining hozirgi xo‘jayinidan ozod qilinib, qo‘riqxonaga berilishi uchun uning huquqlari tan olinishini talab qilgan edi. Avvalroq u shimpanzelarni o‘z hayotini qanday yashashni o‘zlari hal qila oladigan jonzotlar ekanligini ma’lum qilgan edi.
Biroq sud Tommi ijtimoiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga ololmasligi tufayli qonuniy huquqlarga ham ega bo‘lolmaydi, degan xulosaga kelgan. Hayvonlar huquqlari uchun kurashuvchilar bu qaror yuzasidan yuqori instansiyaga arz qilishlarini ma’lum qilgan.
Izoh (0)