O‘zbekiston milliy terma jamoasi tanaffusdan keyin dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti” jamoasiga qarshi o‘yinda hisob ochilmadi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
O‘yin davomida kichik ustunlik O‘zbekiston vakillarida bo‘ldi. O‘yinning 82-daqiqasida o‘zbekistonlik futbolchilar yangi zelandiyaliklar darvozasini ishg‘ol qilishdi. Ammo ofsayd tufayli gol bekor qilindi.
O‘zbekiston − “Oklend Siti” (Yangi Zelandiya) 0:0
Ogohlantirishlar: Emiliano Teyd (26), Jon Irving (49)
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Shavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, Aleksandr Merzlyakov, Vohid Shodiyev, Sardor Rashidov, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeyev, Javlon Ibrohimov, Kamoliddin Murzoyev, Akmal Shorahmedov
Zahira: Eldorbek Suyunov, Akbar To‘rayev, Bobur Yo‘ldoshev, Yegor Krimmets, Shuhrat Muhammadiyev, Farrux Sayfiyev, Lutfulla To‘rayev, Jasur Hasanov, Aziz Ibragimov, Temur Kapadze, Navruz Alimov
“Oklend Siti”: Uilyams, Takuya Ivata, Mario Bilen, Angel Berlanga, Jon Irving, Tim Payn, Rayan De Vriyes, Ivan Vichelich (sardor), Marko Dordevich, Emiliano Teyd, Fabritsio Tavano.
Izoh (0)