Braziliyaning Juis-di-Fora shahrida bo‘lib o‘tayotgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Javohir Sindorov chempionlikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
To‘qqizinchi turda Qozog‘iston vakili Ansat Abilmansurov bilan durang o‘ynagan Javohir 8,5 ochko bilan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar musobaqasida birinchi o‘rinni egalladi.
Uning ukasi Islombek Sindorov esa 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar musobaqasining so‘nggi turida rossiyalik Nikolay Solovyovni mag‘lub etib, 7,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Aslida Islombekning ochkolari Hindiston va Mo‘g‘uliston vakillariniki bilan teng. Faqat qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston vakili uchinchi pog‘onadan joy oldi.
Izoh (0)