Janubiy Afrika Respublikasida butun dunyo bo‘yicha ilk marotaba timsohlar kimoshdi savdosi tashkillashtirildi. Bu haqda Bloomberg nashriga tayanib “Kun” ma’lum qildi.
Kimoshdi savdosi Kvazulu-Natal provinsiyasining Vartburg shahrida bo‘lib o‘tib, tadbirda 8600 dona Nil timsohlari sotuvga qo‘yildi. Tadbir tashkilotchilaridan biri Nil Pentolfning ma’lum qilishicha, xaridorlar tomonidan 8300 dona timsoh sotib olingan. Qayd etilishicha, bu jonivorlar Zambiya, Zimbabve, Mozambik hamda JAR hududidagi daryolardan tutib keltirilgan.
Voyaga yetgan timsohlar (7—10 yoshdagi, 200 kilogramm vaznli) 1100 dollardan baholangan bo‘lsa, 10 oylik kichik timsohchalarga 75 dollardan to‘langan. Shuningdek, kimoshdi savdosi ishtirokchilari keyingi yil inkubator orqali ochib chiqadigan timsoh tuxumlarini ham sotib olgan.
Qayd etish joiz, timsohlarning pishiq va mustahkam terilari qadrlanadi. Bunday terilardan qo‘lqoplar, oyoq kiyimlar, belbog‘lar va shu turdagi mahsulotlar tayyorlanadi.
Izoh (0)