Rossiya hududida odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblanib qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari ixtiyoriga topshirildi. Bu haqda Rossiya federatsiyasining Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga asoslanib, “Podrobno.uz” ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
2012-yil yanvarida otasi bilan til biriktirgan ushbu shaxs O‘zbekistonda bir qancha tanishlarining ishonchiga kirib, ularni Rossiya hududiga ishlash uchun taklif qiladi va hamrohlari bilan Novosibirsk shahriga boradi. Bu shaharda ularni uning otasi kutib oladi hamda aldangan hamyurtlarining pasportlarini tortib olib, jabrlanuvchilarni ozarbayjonlik odamga sotib yuboradi.
“Bu jinoyat uchun Rossiya qonunlariga ko‘ra, 10 yillik qamoq muddati tayinlanadi. Shu sababli ushbu shaxs politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan,” – deyiladi Rossiya bosh prokuraturasi xabarida.
2014-yil noyabr oyida Rossiya Federatsiyasi bosh prokuraturasi ushbu fuqaroni jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistonga topshirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan.
Izoh (0)