“Bunyodkor” 2015-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun BAAning “Al-Jazira” klubi bilan kuch sinashadi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Abu-Dabi jamoasi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing.
Klub nomi: “Al-Jazira” sport va madaniyat klubiTashkil topgan yili: 1974 yil 19 martLaqabi: “O‘rgimchak”Uy stadioni: “Muhammad bin Zayid”Sig‘imi: 42000Klub prezidenti: Shayx Mansur bin Zayid Al NahyonBosh murabbiy: Erik Gerets (Belgiya)
Yutuqlari:
BAA chempioni: 2010/2011 (1)BAA Federatsiyasi kubogi sohibi: 2007 (1)Etisalat Amirliklar kubogi sohibi: 2010 (1), finalchi 2013 (1)BAA prezidenti kubogi sohibi: 2011, 2012 (2)Fors Ko‘rfazi klublar musobaqasi g‘olibi: 2007 (1)
Legionerlari:
Mirko Vuchinich, hujumchi (Chernogoriya)Manuel Lanzini, yarim himoyachi (Argentina)Jonatan Pitroipa, yarim himoyachi (Burkina Faso)Jusiley, yarim himoyachi (Falastin)
“Al-Jazira” ayni paytda BAA Pro-ligasida 8 uchrashuvda 17 ochko jamrg‘argan holda ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. Jamoaning chernogoriyalik hujumchisi Mirko Vuchinich esa 8 uchrashuvda 14 ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.
Abu-dabiliklar 2015-yilni ham qo‘shib hisoblaganda qit’amizning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasi – Osiyo Chempionlar ligasida yettinchi bor ishtirok etadi. “Al-Jazira”ning OChLda qaytgan etgan ko‘rsatkichlari quyidagicha:
2014 – 1/8 final2013 – guruh bosqichi2012 – 1/8 final2011 – guruh bosqichi2010 – guruh bosqichi2009 – guruh bosqichi
Eslatib o‘tamiz, OChL−2015 guruh bosqichiga yo‘llanma beruvchi “Bunyodkor” – “Al-Jazira” uchrashuvi 2015-yil 17-fevral kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)