Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya aviakompaniyalariga O‘zbekistondagi aeroport xizmatlari uchun oldindan rublda to‘lashlari uchun ruxsat berildi. Bu haqda, Rossiya transport vaziri o‘rinbosari Valeriy Okulovga asoslanib, “RIA Novosti” ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.

Foto: planetpotters.net

Foto: planetpotters.net

Okulovning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar 26-noyabr, chorshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ushbu masala bo‘yicha tegishli kelishuvga erishgan.

Vazir o‘rinbosarining aniqlik kiritishicha, Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekiston aeroportlaridagi, aviayonilg‘i haqidan boshqa – texnik, tijoriy va aeronavigatsiya xizmatlari uchun rublda oldindan to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

“Aviakompaniyalar so‘m inflyatsiyasi natijasida sezilarli darajada daromadlarni yo‘qotganliklari sabab, biz foydani imkon qadar tezroq konvertatsiya qilinishidan manfaatdor edik”, – dedi Okulov.

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston tomoni, shuningdek, “Aeroflot”ga mavsumiy jadval asosida “Moskva – Samarqand – Moskva” yo‘nalishi bo‘ylab parvozlarni amalga oshirishga ruxsat bergan.

O‘z navbatida, hukumatlararo komissiya majlisi materiallarida qayd etilishicha, Rossiya tomoni “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga “Toshkent – Vladivostok – Toshkent” reyslarini amalga oshirish uchun ruxsat bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova