Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Krasnodar” futbol klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov yaqin 2-3 hafta ichida safga qaytadi. Bu haqda u “Championat.asia”ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.

Foto: fckrasnodar.ru

Foto: fckrasnodar.ru

“Salomatligim joyida. 2-3 haftadan so‘ng maydonga qaytaman va milliy terma jamoaning boshqa futbolchilari bilan birga Osiyo Kubogi-2015ga tayyorgarlikni boshlayman”, – dedi Ahmedov.

Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov Rossiya chempionati 14-turi doirasidagi “Krasnodar” – SSKA uchrashuvi (2:1) 19-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgan, keyinroq esa uning jarohati taxmin qilinganichalik jiddiy emasligi ma’lum bo‘lgandi.

O‘zbekistonlik futbolchining qo‘shimcha qilishicha, milliy terma jamoaga qo‘shilguniga qadar u “Krasnodar” shifokorlari nazorati ostida qoladi.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2015-yilning yanvar oyida Avstraliyada tashkil etiladigan Osiyo Kubogi bahslarida ishtirok etadi. Musobaqada Xitoy, Shimoliy Koreya va Saudiya Arabistoni termalari Qosimov shogirdlariga raqib bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi