Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya tomonidan qo‘yilgan savdo cheklovlariga javob qaytarishga majbur bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Rossiya rasmiylarining harakatlari odamni nafaqat hayron qoldiradi, balki tashvishga ham soladi. Agar bojxona kelishuvlari buzilib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo normallashmasa, bi bunga javob qaytarishga majbur bo‘lamiz”, − dedi Lukashenko Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko bilan uchrashuvda.

Qayd etilishicha, 26-noyabr kuni Rossiya federal veterinar va fitosanitariya nazorati xizmati sakkizta belorus korxonasidan Rossiyaga mahsulot yetkazib berishga cheklov e’lon qilgan. 24-noyabr kuni esa taqiqlangan Yevropa davlatlari mahsulotlari noqonuniy olib o‘tilayotganlikda shubhalanaib Belorussiyadan kelayotgan o‘simlik mahsulotlari tranziti cheklangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda