O‘zbekiston hukumati va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi 2015-yil mart oyigacha Ustyurt platosidagi Jel gaz konida faoliyat olib borish bo‘yicha Mahsulotni taqsimlash haqidagi bitimni imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“Biz ‘Gazprom’ bilan Mahsulotni taqsimlash haqidagi ikkinchi bitimni imzolashga tayyorgarlik va uning muddatlari bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz”, − dedi O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisida.
Komissiya “O‘zbekneftgaz” va “Gazprom”ga 2014-yil 10-dekabrgacha bitimni imzolashga tayyorgarlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish, 2015-yil 1-martgacha bitimni tayyorlab, davlat ichki protseduralarini o‘tkazib, imzolashni topshirgan.
Bungacha O‘zbekiston va “Gazprom” 2004-yil avgust oyida Ustyurt platosidagi Shoxpaxta koni bo‘yicha 15 yil muddatga Mahsulotni taqsimlash haqidagi bitimni imzolagan edi.
Izoh (0)