Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Sinchxon okrugida joylashgan amerikaliklarning Koreya yarimorolidagi urush vaqtidagi vahshiyliklariga bag‘ishlangan muzeyga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda KXDRning Koreya markaziy axborot agentligi.
“Amerikalik imperialist zo‘ravonlar tomonidan Sinchxonda uyushtirilgan qirg‘in ularning qonxo‘rlikdan zavq oluvchi odamxo‘r va qotillar ekanligidan yaqqol dalolat beradi”, − dedi Kim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar vaqt o‘tishi bilan yanada makkor va ayyor bo‘lishi mumkin, lekin ularning zo‘ravon tabiatini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Kim Chen In shuning uchun ham KXDR xalqini aksilamerika va aksilimperiyachilik ruhida tarbiyalash lozimligini ta’kidladi.
Izoh (0)