Toshkentda “Jinsiy zo‘ravonlikka qarshi rasmiy 16 kunlik” (The Official 16 Days of Activism Against Gender Violence Campaign) dasturiga rasman start berildi. Bu haqda “Un.uz” ma’lumotiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
BMTning O‘zbekistondagi axborot xizmatining Facebook’dagi sahifasida berilgan xabarga ko‘ra, jahonga mashhur “Ayollarga nisbatan munosabatlarda zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faol qarshilik” dasturi doirasidagi tadbirlar 25-noyabr va 10-dekabr kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
Bu 16 kunlik tadbirlari “Ayollarga nisbatan munosabatlardagi zo‘ravonlikka qarshi xalqaro kurash kuni” (25-noyabr), “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” (1-dekabr), “Xalqaro nogironlar kuni” (3-dekabr), “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” (8-dekabr) va “Xalqaro inson huquqlari kuni” (10-dekabr) bayramlari bilan parallel tarzda olib boriladi.
Izoh (0)