23-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida Islom madaniyati poytaxtlari shaxmat chempionati o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
22 mamlakat vakillari 9 tur davomida shveysarcha tizim bo‘yicha bahs olib borgan turnirning ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida o‘zbekistonlik Sarvinoz Qurbonboyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Faqatgina 8 ochko bilan musobaqa g‘olibasiga aylangan ozarbayjonlik Ulviya Fataliyevaga imkoniyatni boy bergan Sarvinoz boshqa birorta mag‘lubiyatga uchramasdan yakunda 6,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Aleksey Barsov turnirning Open bahslarida ishtirok etib, kuchli o‘nlikka kirdi. Turnir bosh hakamining o‘rinbosari sifatida qatnashgan o‘zbekistonlik xalqaro hakam Farhod Sobirovga hakamlik uchun mukofot topshirildi.
Izoh (0)