Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov sanksiyalar mamlakat iqtisodiyotiga yiliga 40 milliard dollar zarar yetkazishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Biz geosiyosiy sanksiyalar tufayli yiliga 40 milliard dollar yo‘qotyapmiz, jahon bozorida neft narxining tushishi oqibatida esa yiliga 90−100 milliard dollar yo‘qotyapmiz”, − dedi Siluanov.
Avvalroq, Rossiya prezidenti yordamchisi Andrey Belousov G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish va Rossiyaning javob choralaridan jami 40 milliard dollar yo‘qotishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)