Toshkent shahrida armrestling bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 150 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida Habibullo Xudoyberganov, Doston Shomahmudov, Aziz Tojiyev, Murod Bo‘ronov, Komil Kirimov, Muhammadamin Ne’matullayev, Islomjon Bahromov o‘z vazn toifalarida shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Go‘zal Qarshiyeva, Aziza Saidova, Ilvina Mustafina, Dildora O‘rinova, Maftuna Saidolimova, Malika Usmonova, Gulshan Asatova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida Navoiy viloyati sportchilari birinchi, Samarqand viloyati jamoasi ikkinchi, Sirdaryo viloyati vakillari uchinchi o‘rinni egalladi. Mazkur musobaqa g‘oliblari 2015-yil Malayziyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Izoh (0)