Buyuk Britaniya poytaxti London shahrining markazida har yili o‘tkaziladigan “Qishki mo‘jizalar mamlakati” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
20-noyabr kuni Buyuk Britaniyada Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan asosiy madaniy tadbirlar doirasida muzdan yasalgan haykallar bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bunday turdagi bog‘lar ichida eng kattasi deb hisoblanayotgan mazkur dam olish maskanining ochilish marosimida malika Beatris faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.
“Qishki mo‘jizalar mamlakati” loyihasi ustida 50 nafar haykaltarosh ikki hafta davomida ish olib bordi.
Ko‘pchilik haykallar harorati 10 daraja sovuq bo‘lgan gumbaz ostida yaratildi. Bog‘ni barpo etish uchun Londonga maxsus keltirilgan 250 tonna qor va 100 tonna muzdan foydalanildi.
Muz majmuasi hududida ko‘plab haykallardan tashqari muz bari, katta katok (uchish joyi) hamda butun Yevropadan kelgan savdogarlar mahsulotlari sotiladigan Rojdestvo bozori joylashgan.
Izoh (0)