Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Barak Obama besh millionga yaqin noqonuniy muhojirlarning istiqomatini qonuniylashtirmoqchi. Bu haqda Oq uy tarqatgan xabarga tayanib, “RIA Novosti” ma’lum qildi.

AQSh va Meksika chegarasi. Foto: “RIA Novosti”

AQSh va Meksika chegarasi. Foto: “RIA Novosti”

Farmoyish mamlakatda besh yildan ortiq vaqt davomida yashayotgan, AQSh fuqarolari ota-onasi bo‘lgan yoki AQShda doimiy yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan amal qiladi.

Noqonuniy muhojir tegishli tekshiruvlardan o‘tib, barcha majburiy soliqlarni to‘lay boshlasa, shuningdek farzandlari ushbu farmoyish e’lon qilinguniga qadar tug‘ilganini isbotlay olsa, AQShda qolish uchun uch yillik ruxsatnomaga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, Obama buyrug‘ida chegaralarni qo‘riqlayotgan agentlar soni 20 ming nafarga ko‘paytirilishi nazarda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi