2013/2014-o‘quv yilida O‘zbekistondan 463 kishi AQShga o‘qish uchun ketgan, bu undan avvalgi yilgi ko‘rsatkich (445 kishi)dan 4 foizga ko‘p demakdir. Bu haqda AQShdagi Xalqaro oliy ta’lim instituti tomonidan e’lon qilingan Open Doors 2014 (“Ochiq eshiklar — 2014”) hisobotiga tayanib, 12news.uz xabar berdi.
AQShda 2013/2014-o‘quv yilida jami xalqaro talabalar soni o‘tgan yilgi 819 644 kishidan 886 052 kishiga yetgan (+8,1%).
Open Doors — dunyoda xorijiy talabalar harakatchanligi bo‘yicha tuziladigan yillik hisobot.
Izoh (0)