AQShning Florida universiteti hududida otishma uyushtirgan erkak politsiya xodimlari tomonidan otib tashlandi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Otishma 19-noyabrdan 20-noyabrga o‘tish kechasi boshlangan. Guvohlar o‘q ovozi kutubxona tomonidan eshitilganini ma’lum qilgan. Kamida uch nafar talaba jarohat olgan.
Ta’lim muassasasi rahbariyati talabalarni “favqulodda holat”dan xabardor qilib, o‘zlariga boshpana izlashga chaqirgan. O‘q otgan erkakning shaxsi hali aniqlanmagan. Politsiya jarohat olganlar aynan shu universitet talabalari ekanligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida xabar bermagan.
Izoh (0)