Ko‘p bora faoliyatini Kataloniyada yakunlash istagi borligini ta’kidlab kelgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi oxirgi intervyularidan birida “ko‘k-anorranglilar”ni tark etishi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
“Men mavsumni yaxshi o‘tkazib, ‘Barselona’ bilan o‘zimiz xohlagan sovrinlarni yutish haqida o‘ylayapman, boshqa hech narsa haqida emas, keyin nima bo‘lishini esa, ko‘ramiz. Futbol boshdan oyoq, butunlay o‘zgarib bormoqda. Faoliyatimning oxiriga qadar ‘Barselona’da qolishni istashim haqida har doim gapirib kelgan bo‘lsam ham, ba’zan bu men istagandek bo‘lmayapti.
Men ko‘p bor aytardim. Faqat o‘zimga qolsa, bu yerda butun umr qolgan bo‘lardim. Lekin futbol shu qadar o‘zgarib ketmoqdaki... Bunda juda ko‘p narsalar sodir bo‘lmoqda. Kelajak haqida gapirish juda qiyin, ayniqsa, hozir ‘Barselona’da nimalar bo‘layotganini hisobga olsak”, — deya Messidan iqtibos keltirmoqda Argentina nashrlari.
Izoh (0)