FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi Hindiston Superligasi uchrashuvlarini boshqaradi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati.
Hindiston Futbol Federatsiyasi taklifiga ko‘ra Ermatov brigadasi 15-noyabr kuni Hindistonga jo‘nab ketdi va ular 15-25-noyabr kunlari oralig‘ida Hindiston Superligasi o‘yinlarini boshqarib boradi. Ushbu bahslarda Ermatovga qanotlarda FIFA laynsmenlari Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi bungacha 12-noyabr kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiya hamda Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini boshqarib borgan edi.
Izoh (0)