2014-yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha Byurosi boshlig‘i Ha Te Yok bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida oliy darajadagi muntazam O‘zbekiston — Janubiy Koreya uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda 2014-yildagi hamkorlik yakunlari va 2015-yilda o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak ikki tomonlama aloqalar jadvali bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.
Suhbatda Koreya Respublikasi elchisi Li Uk Hon ham ishtirok etdi.
Izoh (0)