Qozog‘iston temir yo‘lchilari delegatsiyasi O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvlar doirasida Toshkentga tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralar chog‘ida 2013-yildagi va 2014-yilning 10 oyidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ushbu davrda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi yuk tashuvlari hajmi 2013-yildagi darajada saqlanib qoldi va 15,9 million tonnani tashkil qildi.
2014-yilda tashuvlar hajmini oshirish maqsadida Qozog‘istondan tomonidan O‘zbekistondan jo‘natiladigan paxta va o‘g‘itlarga, O‘zbekiston tomonidan esa Qozog‘istondan keladigan g‘alla va unga tushirilgan koeffitsiyentlar belgilandi.
Muzokaralar do‘stona sharoitda kechdi, keyingi uchrashuvni 2015-yilda Qozog‘istonda o‘tkazishga kelishib olindi.
Izoh (0)