NATO 2015-yilda Germaniya boshchilik qiladigan tezkor harakat kuchlarining vaqtinchalik guruhini tashkil etadi. U 2016-yilgacha — NATOning Uelsdagi so‘nggi sammitida aytib o‘tilgan tezkor harakat kuchlarining doimiy guruhi tuzilguniga qadar faoliyat olib boradi. Bu haqda Germaniyaning Die Welt gazetasi rasmiy saytidagi ma’lumotga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Taxminlarga ko‘ra, birlashma Germaniyaning Myunster shahridagi Germaniya — Gollandiya guruhi asosida tashkillashtiriladi. Qayd etilishicha, germaniyalik general-leytenant Folkler Xalbauer bu yerda komandir sifatida xizmat qiladi. Mazkur masala bo‘yicha so‘nggi qaror dekabr oyida Shimoliy Atlantika alyansi mamlakatlarining TIV rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, NATOning sentabr oyida Uelsda bo‘lib o‘tgan sammitida alyansning Tezkor harakat kuchlari tarkibida maxsus Peshqadam guruhni tuzish haqida qaror qabul qilingan edi. Bunda guruh a’zolari soni 10 ming kishigacha bo‘lishi va ular ikki kun ichida dunyoning istalgan nuqtasiga joylasha oladigan bo‘lishi kerakligi qayd etilgandi.
Izoh (0)