Fransiyaning Fonteblo shahrida bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida Napoleon Bonapartga tegishli bo‘lgan shlyapalardan biri 1 million 884 ming yevroga sotildi, deb xabar bermoqda Yahoo News.
Agence France-Presse xabariga ko‘ra, xaridor Janubiy koreyalik kolleksioner bo‘lgan.
Kimoshdi savdosiga Monako knyazi Alber II’ning Napoleon buyumlari kolleksiyasidagi mingga yaqin ashyolar qo‘yilgan. Savdo ulkan shov-shuvga sabab bo‘lgan va unda nafaqat alohida shaxslar, balki dunyoning yetakchi muzeylari ham ishtirok etgan.
Izoh (0)