G20 mamlakatlari yetakchilarining ayollari Avstraliyaning Brisben shahrida joylashgan Lone Pino Koala qo‘riqxonasida koalalarni quchoqlab rasmga tushdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Shuningdek, birinchi xonimlar “Koalalar bog‘i” nomi bilan mashhur bo‘lgan mazkur qo‘riqxonada kenguruni o‘z qo‘llari bilan ovqatlantirib, Avstraliyaning boshqa mahalliy jonivorlari bilan ham suratga tushdi.
Koalalarni quchoqlab suratga tushish 1927-yilda ochilgan, 130 dan ziyod jonivorning uyi hisoblangan Lone Pino Koala’dagi eng mashhur marosim hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, koalalar bilan suratga tushish Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida 1997-yilda taqiqlab qo‘yilgan. Lone Pino Koala qo‘riqxonasi joylashgan Kvinslend shtatida esa hozircha bunday taqiq joriy etilmagan. Shunga qaramay, ma’lum qilinishicha, Kvinslendda koalani kuniga 30 daqiqagacha ko‘tarib turishga ruxsat beriladi.
Izoh (0)