Navoiy viloyati Nurota tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona kompleksiga Finlyandiya Respublikasidan zamonaviy tibbiy jihozlar keltirildi, deb xabar bermoqda “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi.
Chaqaloqlarda uchraydigan kam vaznlilik, o‘pka yetishmovchiligi va yurak-nafas faoliyatini nazorat qilib turuvchi bu uskunalar go‘daklar salomatligini muhofazalashda qo‘l kelmoqda. Natijada chaqaloqlarni o‘z vaqtida emlash va rivojlantirish, tashxis qo‘yish borasidagi ishlarning samaradorligi yanada oshdi.
Izoh (0)