Ayni kunlarda BAAning Dubay shahrida o‘zining navbatdagi yig‘inini o‘tkazayotgan futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi kecha, 13-noyabr kuni BAA terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Rejaga ko‘ra, Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Dubayda BAA termasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi kerak edi. Har ikkala terma jamoa kecha ilk o‘yinda maydonga tushdi va ushbu uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Terma jamoa safidagi gollarga Dilshod Irsaliyev, Davron Choriyev va Artur Yunusov mualliflik qildi.
BAA va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini bugun, 14-noyabr kuni o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 1—3-dekabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belorussiya va Qozog‘iston futzal termalari ishtirokida xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. Dubaydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Bahodir Ahmedov shogirdlari uchun aynan dekabr oyidagi xalqaro turnirga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
O‘rtoqlik uchrashuvi:
BAA — O‘zbekiston 1:3
Gollar: D. Choriyev, A. Yunusov, D. Irsaliyev
O‘zbekiston terma jamoasi:
Darvozabonlar: Rustam Umarov, Akmal Xazratqulov
Maydondagi o‘yinchilar: Artur Yunusov, Andrey Shlema, Eldor Hoshimov, Shahzod Bo‘riyev, Dilshod Irsaliyev, Davron Abdurahmonov, Davron Choriyev, Timur Sadirov, Sunnat Kuralov, Konstantin Sviridov, Iskandar Xolmatjonov, Sarvar Shoahmedov, Alan Aminov.
Izoh (0)