AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jorj Kroll 5-noyabr kuni Buxoroga tashrifi doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda “Vostochniy ekspress” nashri xabar bermoqda.
Markazda talabalar, o‘quvchilar va muassasa xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Elchi kutubxonaga AQSh tarixi, axborot texnologiyalari bo‘yicha bir necha o‘nlab kitoblar va lug‘atlar taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, 5-noyabr kuni Jorj Krol hamda Davlat arxeologiya va tarix muzeyi direktori Abdurashid Zakrilayev “Ark” nomli Buxoro davlat arxeologiya va tarix muzeyida qayta tiklangan badiiy buyumlar ko‘rgazmasini tantanali ravishda ochdi.