The Coca-Cola Company’ning bottleri Coca-Cola Hellenic’ning Rossiyadagi bosh direktori Stefanos Vafeidis Rostov oblastidagi zavodda “Dobriy” sharbatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Coca-Cola’ning Rostov oblastidagi zavodi 2011-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, loyihaga 120 million dollar investitsiya kiritilgan. Uchta ishlab chiqarish liniyasiga ega zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 450 million litr alkogolsiz ichimliklarni tashkil etadi.
Coca-Cola Hellenic’ning Rossiyadagi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda ushbu zavoddagi ishlab chiqarish liniyalari soni 10 tagacha yetkazlishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)