“Arsenal“ klubi “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Devid Bekxemning 15 yashar o‘g‘li Bruklin bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Agar Bruklin “kanonirlar”ga yoqsa, u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolanadi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
“Bruklin iste’dodli, u barcha o‘yin va mashg‘ulotlarda ajralib turdi. ‘Arsenal’ uning katta iste’dod bo‘lib chiqishiga ishonadi. Unga ‘Chelsi’ va ‘Manchester Yunayted’ qiziqqaniga qaramay, klub u bilan shartnoma imzoladi. Kelgusida Bruklin bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaymiz, degan umiddamiz”, − dedi kanonirlar vakili.
Ta’kidlash joiz, Devidning yana bir o‘g‘li − 12 yoshli Romeo Bekxem ham “Arsenal”ning 13 yoshdan katta bo‘lmagan bolalar jamoasida o‘ynaydi.
Izoh (0)